Ommaviy oferta shartnomasi

Masofaviy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risida · «LETI ONLINE MAKTABI» · Toshkent shahri

1. Atamalar

Ijrochi (Maktab) — «LETI EDU» aksiyadorlik jamiyati, ushbu Ofertani e’lon qiluvchi tashkilot.

Tinglovchi — Ofertani aksept qilgan jismoniy shaxs (voyaga yetmagan bo‘lsa — ota-onasi/vasiysi).

Xizmat — Maktabning onlayn platformasi orqali ko‘rsatiladigan masofaviy ta’lim xizmati (video darslar, testlar, uy vazifalari, o‘qituvchi qo‘llab-quvvatlashi).

Platforma — Maktabning veb-sayti va mobil ilovasi.

MMT — mikromoliya tashkiloti (Uzum Nasiya, Paylater, bank rassrochkasi va sh.k.).

2. Shartnoma predmeti

2.1. Ijrochi Tinglovchiga tanlangan kurs bo‘yicha masofaviy ta’lim xizmatini ko‘rsatadi, Tinglovchi esa xizmatni qabul qiladi va haqini to‘laydi.

2.2. Xizmat mazmuni, muddati va narxi Platformada joylashtirilgan kurs tavsifida belgilanadi.

2.3. Ijrochi ta’lim jarayonini tashkil etishni kafolatlaydi, biroq Tinglovchining o‘zlashtirish darajasi, imtihon/test natijasi yoki ishga joylashishini KAFOLATLAMAYDI — natija Tinglovchining shaxsiy mehnatiga bog‘liq.

2.4. Xizmat ko‘rsatish formati:

3. Ofertani aksept qilish

3.1. To‘lovni amalga oshirish (jumladan MMT orqali nasiya rasmiylashtirish) — Ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilish hisoblanadi va yozma shartnomaga tenglashtiriladi.

3.2. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng Tinglovchi Oferta shartlarini o‘qib chiqqan, tushungan va rozi bo‘lgan hisoblanadi. «Bilmasdim» degan e’tiroz qabul qilinmaydi.

4. Narx va to‘lov tartibi

4.1. Platforma narxlari. Kurs paketlarining amaldagi narxlari (1 oylik, 3 oylik, 6 oylik va boshqa paketlar) Platformada ko‘rsatiladi.

4.2. Standart tarif va paket chegirmasi. Xizmatning chegirmasiz standart tarifi — 1 (bir) o‘quv oyi uchun 300 000 (uch yuz ming) so‘m. Uzoq muddatli paketlarning (3 oylik, 6 oylik va h.k.) narxi standart tarifni oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan olinadigan summadan past bo‘lib, PAKET CHEGIRMASI hisoblanadi. Paket chegirmasi Tinglovchi kursni to‘liq paket muddatiga sotib olishi va shu muddat davomida o‘qishi sharti bilan beriladi.

4.3. Individual narx. Ijrochining vakili (sotuv menejeri) Tinglovchiga tanlangan to‘lov usuli, aksiya yoki individual chegirma asosida Platformada ko‘rsatilgan narxdan farqli narx taklif qilishi mumkin. Tomonlar kelishgan yakuniy narx to‘lov hujjatida (chek, kvitansiya, MMT bilan tuzilgan shartnoma) qayd etiladi va ushbu Oferta bo‘yicha KURS NARXI hisoblanadi.

4.4. To‘lov usullari. To‘lov quyidagi usullardan biri orqali amalga oshirilishi mumkin va kurs narxi tanlangan usulga qarab farq qilishi mumkin:

4.5. MMT orqali to‘lov. Kurs qiymati Ijrochiga MMT tomonidan bir yo‘la to‘lanadi, Tinglovchi esa MMT oldida kredit majburiyatini oladi. Tinglovchi MMTga e’lon qilingan nasiya narxidan ortiq to‘lamaydi — MMT tomonidan qo‘shimcha foiz yoki ustama undirilmaydi. To‘lovni kechiktirganlik uchun jarimalar bundan mustasno bo‘lib, ular MMT bilan Tinglovchi o‘rtasidagi shartnoma bilan tartibga solinadi va Ijrochiga tegishli emas.

5. Xizmat ko‘rsatishning boshlanishi

5.1. Xizmat quyidagi paytdan boshlangan hisoblanadi (qaysi biri oldin kelsa):

5.2. Bir o‘quv oyi — xizmat ko‘rsatish boshlangan sanadan keyingi oyning shu sanasigacha bo‘lgan vaqt. Boshlangan, lekin to‘liq bo‘lmagan o‘quv oyi to‘liq o‘quv oyi sifatida hisoblanadi.

6. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

6.1. Ijrochi majburiyatlari:

6.2. Ijrochining huquqlari:

6.3. Tinglovchi majburiyatlari:

6.4. Tinglovchining huquqlari:

7. O‘qishni to‘xtatish va to‘lovni qaytarish shartlari

7.1. Qaytarish asoslari. To‘lovni qaytarish faqat quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lganda va rasmiy hujjat bilan tasdiqlanganda ko‘rib chiqiladi:

7.2. To‘lov qaytarilmaydigan hollar:

7.1-banddagi asoslar bo‘lmasa, Tinglovchi istalgan vaqtda o‘qishni to‘xtatishi mumkin, biroq to‘langan mablag‘ qaytarilmaydi.

7.3. Ariza tartibi.

7.3.1. Asos yuzaga kelgan kundan 5 (besh) ish kuni ichida yozma ariza topshirilishi shart. Bu DA’VO MUDDATI — o‘tkazib yuborilsa, qaytarish huquqi yo‘qoladi.

7.3.2. Arizaga ilova qilinadi:

7.3.3. Ariza faqat rasmiy email yoki ofis manzili orqali qabul qilinadi:

Email: leticentral@gmail.com
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Ko‘hinur ko‘chasi, 55-uy

Telegram, Instagram, telefon qo‘ng‘irog‘i, o‘qituvchi yoki administratorga aytilgan og‘zaki gap — ARIZA HISOBLANMAYDI.

7.3.4. Ariza 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Qo‘shimcha hujjat so‘ralsa, muddat qaytadan hisoblanadi.

7.4. Qaytariladigan summani hisoblash (naqd, karta, bank o‘tkazmasi orqali to‘langan bo‘lsa).

Ushbu band Tinglovchi to‘lovni naqd pul, plastik karta yoki bank o‘tkazmasi orqali bevosita Ijrochiga amalga oshirgan hollarga nisbatan qo‘llaniladi. MMT (nasiya) orqali to‘langan bo‘lsa — 7.5-band qo‘llaniladi.

Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda 4.2 va 4.3-bandlarga muvofiq berilgan BARCHA CHEGIRMALAR (paket va individual) BEKOR QILINADI va hisob-kitob chegirmasiz standart tarif — 300 000 so‘m/oy bo‘yicha amalga oshiriladi:

Q = T − (O × 300 000)

Agar Q ≤ 0 bo‘lsa — mablag‘ qaytarilmaydi.

MISOL (kurs narxi 700 000 so‘m, muddati 3 oy):

O‘qigan muddatXizmat qiymatiQaytariladi
1 oy300 000 so‘m400 000 so‘m
2 oy600 000 so‘m100 000 so‘m
3 oy900 000 so‘m0 so‘m

7.5. MMT (nasiya) orqali to‘langan bo‘lsa — qat’iy ketma-ketlik:

  1. Ariza 7.1–7.3-bandlarga muvofiq IJOBIY hal qilinadi.
  2. Tinglovchi ko‘rsatilgan xizmat haqini (o‘qigan oylari × 300 000 so‘m) Ijrochining hisob raqamiga TO‘LIQ o‘tkazadi.
    MUHIM: Tinglovchining MMTga qilgan oylik to‘lovlari bu summaga HISOBGA OLINMAYDI — ular MMT bilan Tinglovchi o‘rtasidagi kredit majburiyati bo‘yicha to‘langan.
  3. Pul Ijrochi hisobiga TO‘LIQ TUSHGANDAN KEYIN 3 ish kuni ichida shartnoma bekor qilinadi va Platformaga kirish to‘xtatiladi.
  4. Ijrochi MMT bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, MMTdan olgan mablag‘ni MMTga qaytaradi.
  5. MMT o‘z shartnomasiga asosan Tinglovchiga to‘lagan pullarini qaytaradi va qarzdorlikni yopadi.

TINGLOVCHI XIZMAT HAQINI TO‘LAMAGUNCHA: shartnoma bekor qilinmaydi, Ijrochi MMTga hech narsa qaytarmaydi, Tinglovchining MMT oldidagi majburiyatlari to‘liq kuchda qoladi.

MISOL (800 000 so‘m, 3 oyga nasiya, ~266 000 so‘m/oy):

HolatTinglovchi Ijrochiga o‘tkazadiIjrochi MMTga qaytaradiMMT Tinglovchiga qaytaradi
1 oydan keyin300 000 so‘mshartnoma bo‘yicha olingan summa~266 000 so‘m
2 oydan keyin600 000 so‘mshartnoma bo‘yicha olingan summa~532 000 so‘m
3 oy (to‘liq)qaytarish amalga oshirilmaydi——

MMTning qaytarish muddati MMT shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ijrochi bunga javobgar emas.

7.6. Qaytarish muddati va usuli:

7.7. Qaytarishga muqobil (Ijrochi roziligi bilan):

Bu — Ijrochining HUQUQI, majburiyati emas.

8. Intellektual mulk

8.1. Barcha o‘quv materiallari (video, matn, test, metodika) Ijrochining mutlaq mulki hisoblanadi.

8.2. Materiallarni nusxalash, yozib olish, tarqatish, sotish yoki uchinchi shaxsga berish qat’iyan taqiqlanadi.

8.3. Buzilganda: akkaunt bloklanadi, to‘lov qaytarilmaydi, yetkazilgan zarar qonunchilik asosida undiriladi.

9. Shartnomani Ijrochi tashabbusi bilan bekor qilish

9.1. Ijrochi quyidagi hollarda shartnomani bir tomonlama bekor qiladi — TO‘LOV QAYTARILMAYDI:

10. Javobgarlik

10.1. Ijrochi Tinglovchining o‘zlashtirish natijasi, imtihon balli yoki karyerasi uchun javobgar emas.

10.2. Ijrochi Tinglovchi tomonidagi internet, qurilma yoki dasturiy ta’minot nosozliklari uchun javobgar emas.

10.3. Ijrochining javobgarligi har qanday holatda Tinglovchi to‘lagan summa doirasi bilan cheklanadi.

11. Fors-major

Tabiiy ofat, urush, karantin, davlat organlari qarori, internet/elektr uzilishi kabi tomonlar irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda javobgarlik yuzaga kelmaydi. Fors-major 60 kundan ortiq davom etsa, tomonlar shartnomani hisob-kitob qilib bekor qilishlari mumkin.

12. Shaxsiy ma’lumotlar

12.1. Tinglovchi Ofertani aksept qilish orqali shaxsiy ma’lumotlarini yig‘ish, saqlash va qayta ishlashga rozilik beradi («Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq). Batafsil: Maxfiylik siyosati.

12.2. Ma’lumotlar xizmat ko‘rsatish, aloqa va axborot yuborish maqsadida ishlatiladi, uchinchi shaxslarga sotilmaydi.

13. Nizolarni hal qilish

13.1. Nizolar muzokara yo‘li bilan hal qilinadi. Yozma da’vo (pretenziya) 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

13.2. Kelishuv bo‘lmasa — O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida.

14. Yakuniy qoidalar

14.1. Oferta Platformada e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi va noma’lum doiradagi shaxslarga qaratilgan.

14.2. Ijrochi Ofertaga o‘zgartirish kiritishga haqli; o‘zgarishlar Platformada e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Amaldagi tinglovchilarga aksept paytidagi tahrir qo‘llaniladi.

14.3. Ofertaning biror bandi haqiqiy emas deb topilsa, qolgan bandlar kuchda qoladi.

14.4. Ofertada ko‘rsatilmagan holatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

15. Ijrochi rekvizitlari

Tashkilot nomi: «LETI EDU» aksiyadorlik jamiyati
Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Ko‘hinur ko‘chasi, 55-uy
STIR (INN): 312065205
Hisob raqami: 20208000907231602001
Bank: Toshkent sh., «TURONBANK» ATB Bosh ofisi
MFO: 00446
Email: leticentral@gmail.com
Direktor: Yuldoshev Bobirjon Faxriddinovich
Ta’lim faoliyati tasdiqnomasi: №1099278

Ushbu Oferta yozma shartnomaga teng kuchga ega va imzo talab qilmaydi. To‘lov amalga oshirilgan paytdan kuchga kiradi.